«Advokatura to'g'risida»gi qonun

3-modda. Advokat

(3-модда учинчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)

Oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lgan va advokatlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) belgilangan tartibda olgan O'zbekiston Respublikasining fuqarosi O'zbekiston Respublikasida advokat bo'lishi mumkin. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarning advokatlik faoliyati bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi. Advokat quyidagilardan tashqari haq to'lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug'ullanishga haqli emas: ilmiy va pedagogik faoliyat; O'zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidagi (bundan buyon matnda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyat; patent vakili va mediator sifatidagi faoliyat; shartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlarining, xo'jalik boshqaruvi organlarining, davlat muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatidagi faoliyat; hakamlik sudlarida va xalqaro tijorat arbitrajlarida (sudlarida) sudya sifatidagi faoliyat; sud boshqaruvchisi sifatidagi faoliyat (fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishni amalga oshirish bo'yicha advokatlik faoliyati uchun litsenziya olgan advokatlar uchun).
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.