Advokat tomonidan advokatura to'g'risidagi qonunchilik talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi unga nisbatan intizomiy choralar qo'llanilishiga sabab bo'ladi.
Intizomiy ish yuritish malaka komissiyalarining yoki Oliy malaka komissiyasining qarori bilan qo'zg'atiladi.
Intizomiy ish yuritishni qo'zg'atish uchun quyidagilar asos bo'ladi:
advokatura to'g'risidagi qonunchilikning, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik sirining va advokat qasamyodining advokat tomonidan buzilishi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi yoki adliya organi tomonidan aniqlanganligi;
advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari;
sudning advokatga nisbatan chiqargan xususiy ajrimi.
Intizomiy ish yuritishni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha advokatga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo'llanilishi mumkin:
ogohlantirish (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
litsenziyaning amal qilishini olti oygacha muddatga to'xtatib turish (ushbu Qonun 15-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilariga muvofiq);
litsenziyaning amal qilishini tugatish (ushbu Qonun 16-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilariga muvofiq).
Malaka komissiyasi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar advokat intizomiy ish qo'zg'atilishiga sabab bo'lgan shikoyatni bergan shaxs bilan yarashuv choralarini ko'rishga haqli.
Advokatlik tuzilmalari mehnat intizomini buzganlik uchun advokatga nisbatan mehnat to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq intizomiy jazo choralarini qo'llashga haqli.
Advokatga nisbatan intizomiy jazo nojo'ya xatti-harakat sodir etilgan kundan e'tiboran olti oy o'tganidan keyin, moliya-xo'jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijalari bo'yicha esa, advokat tomonidan nojo'ya xatti-harakat sodir etilgan kundan e'tiboran ikki yil o'tganidan keyin qo'llanilishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn«Advokatura to'g'risida»gi qonun
14-modda. Advokatning intizomiy javobgarligi
(14-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.