«Advokatura to'g'risida»gi qonun

10-modda. Advokatlik faoliyatining kafolatlari

(10-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 11 октябрдаги ЎРҚ-497-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 12.10.2018 й., 03/18/497/2044-сон)

Advokatning kasbga oid huquqlari, sha'ni va qadr-qimmati qonun bilan qo'riqlanadi. Advokatlarning kasbiy faoliyatiga u yoki bu tarzda bevosita yoki bilvosita aralashish, ular o'z kasbiy vazifalarini bajarayotganda olgan muayyan ma'lumotlarni oshkor etishni talab qilish, shuningdek advokatlar birlashmalarining mansabdor shaxslaridan va texnik xodimlaridan xuddi shunday ma'lumotlarni talab qilish taqiqlanadi. Advokat o'z kasbiy vazifalarini bajarayotganida unga biror-bir shaklda ta'sir o'tkazishga yo'l qo'yilmaydi. Advokat himoyachilik yoki vakillik vazifasini bajarayotganda o'ziga ma'lum bo'lib qolgan tafsilotlar yuzasidan guvoh sifatida so'roq qilinishi mumkin emas. Advokat kasbiy vazifalarini bajarishi munosabati bilan qo'lga kiritgan advokatlik dalillari (ashyolari), hujjatlari undan olib qo'yilishi yoki ko'zdan kechirilishi mumkin emas, shuningdek uning o'zi yuridik yordam ko'rsatayotgan shaxslar bilan uchrashish huquqi cheklanishi mumkin emas. Advokatning ish yuzasidan huquqiy nuqtai nazari xususida surishtiruv organi, tergovchi, prokuror taqdimnoma kiritishi, shuningdek sud xususiy ajrim chiqarishi mumkin emas. Advokat qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko'rsatayotganligi munosabati bilan uni jinoiy, moddiy va boshqa javobgarlikka tortish yoki bunday javobgarlikni qo'llash bilan qo'rqitish mumkin emas. Advokatga nisbatan jinoiy ish O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qo'zg'atilishi mumkin. Sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish to'g'risidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, sudya bir sutka ichida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini va Advokatlar palatasini yozma shaklda xabardor qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.